O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

OGOHLIK-PORLOQ KELAJAK ASOSI

 
 

Joriy 2016 yilning 16 yanvar kuni Samarqand maishiy xizmat kasb -hunar kolleji majlislar zalida kollej o‘qituvchi va talabalari hamda ota-onalar bilan tinchlikni asrash, diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy muhitni barqarorlashtirishga doir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari T.Qodirov, viloyat IIB tezkor vakili B.Aminov, viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Z.Eshonqulov, Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori o‘rinbosari B.To‘rayevlar ishtirok etdilar.

Bevosita, viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ma’ruzachilar asosiy e’tiborni Yaqin Sharq, xususan Suriya va Iroq davlatlari hududida uya qurgan ISHID terroristik guruhi xunrezliklari, ularning amalga oshirayotgan ishlari na diniy, na dunyoviy mantiqqa to‘g‘ri kelmasligi, afsuslanarli jihati ular orasida o‘zbekistonlik, xususan samarqandlik fuqarolar ham borligiga qaratib, ularga qarshi kurash yo‘llari haqida to‘xtaldilar hamda o‘z sohalari yuzasidan hayotiy misollar keltirdilar.

Aholi, ayniqsa yoshlarni buningdek vayronkor kuchlar ta’siridan himoyalash, xalqimiz ongini ma’naviy-ma’rifiy ozuqalar bilan oshirib borish, yurtimiz tinchligini asrash uchun barcha imkoniyatlarni jalb qilish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirib, mahalla faollarining hushyorligini oshirish bugunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidladilar.

Shuningdek, tadbirda mavzuga doir hujjatli film namoish etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/01/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2661
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ogohlik-porloq-kelajak-asosi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 02:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing