O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Nishonga urilgan gaplar: Qalbaki maqtash haqoratlashdir, poydevorsiz qurilgan bino qulaydi.

 
 

Haqiqatni doimo takrorlab turish zarur, chunki bizga adashishni ham doimo eslatib turishadi.

Gyote

***

Odamlar senga ikki holatdagina bo‘ysinadi: birinchisi yoqtirib qolsa, ikkinchisi ishonsa. Ammo, yoqtirmasa ishonmaydi.

Balbzak

***

O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe'lingga, fe'ling taqdiringga tasir etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.

Jaloliddin Rumiy

***

Husni xulq (chiroyli xulq) dan ko‘ra yaxshilik qo‘shadiganroq, hasaddan ko‘ra yomonlik ustiga yomonlik qo‘shadiganroq narsani ko‘rmadim.

Shayx Najmiddin Kubro

***

To‘g‘ri va haq yo‘ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ko‘ra ham mahobatliroq (haybatliroq)dir.

Mahmud az Zamaxshariy

***

Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.

Abu Ali ibn Sino

***

Qalbaki maqtash haqoratlashdir, poydevorsiz qurilgan bino qulaydi.

Abu Bakr Xorazmiy

 

Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 24/11/2020 15:24;   Ko‘rilganligi: 691
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/nishonga-urilgan-gaplar-qalbaki-maqtash-haqoratlashdir-poydevorsiz-qurilgan-bino-qulaydi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 01:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing