O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

NAVRO‘Z BAYRAMI OLDIDAN YIG‘ILISH

 
 

Joriy yilning 19 mart kuni Samarqand shahar “Shoxi Zinda” jome masjidida Samarqand shahridagi mavjud masjid imom xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibi N.Islamov, bosh imom xatib o‘rinbosari Z.Eshonqulov hamda vakillik mutaxassisi A.Hasanovlar qatnashdi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan asosiy masala Navro‘z bayrami munosabati bilan masjid atroflari tozalanib mevali va manzarali daraxtlar hamda gul ko‘chatlari ekishlari ta’kidlandi. Shuningdek, masjid atrofidagi kam ta’minlangan va boquvchisi yo‘q xonadonlar xolidan xabar olish hamda sovg‘a-salomlar ulashish kerakligi aytib o‘tildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/03/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1916
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/navroz-bayrami-oldidan-yigilish
Chop etilgan vaqti: 17/10/2019 22:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing