O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Naqshband turizm festivali Samarqand bosqichi nihoyalandi

 
 

11-12 noyabr kunlari Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan “Naqshband turizm festivali – 2018” qatnashchilari Samarqand viloyatida ziyoratda bo‘ldilar.

Imom Buxoriy, Xo‘ja Ahrori Valiy, Registon, Shohi Zinda majmuasi, Imom Motrudiy maqbarasi va Ulug‘bek rasadxonasini ziyorat qilgan mehmonlar o‘zlari bilan olam-olam taassurot olganlari shubhasiz.

Ular o‘z iqrorlarida ulamolar yurtini ko‘rib turganlaridan, ularning qabrini ziyorat etib, qoldirgan madaniy meroslarini guvohi bo‘lganlaridan o‘ta xursand ekanliklarini qayta-qayta ta’kidladilar.

Toshkent shahrida davom etadigan festival ishiga omadlar tilaymiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 696
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/naqshband-turizm-festivali-samarqand-bosqichi-nihoyalandi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2020 07:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing