O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muslima ayol hokim bo‘ldi

 
 

AQSH Massachusets shtatining Kemridj shahri hokimligiga ilk bor muslima ayol saylandi, deb yozadi islam.ru sayti.

31 yoshli  Sumbul Siddiqi – Pokistonda tug‘ilgan, bolaligida ota-onasi bilan AQSHga ko‘chib kelgan. U Braun universitetini davlat boshqaruvi mutaxasisligi bo‘yicha tugatgan. Shuningdek, Pritsker huquqshunoslik maktabida o‘qib, yurist diplomini olgan.

Muslima-siyosatchining e'tirof etishicha, uning manziliga dinga oid ko‘plab islomofobik xabar va haqoratlar kelib turadi. Ammo bu uning ishlashiga xalaqit qilmaydi, balki jamiyatda islomofobiyaga qarshi sidqidildan faol kurashishiga rag‘bat beradi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/01/2020 16:34;   Ko‘rilganligi: 972
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muslima-ayol-hokim-boldi
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 06:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing