O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MURUVVAT UYIGA QILINGAN SAXOVAT

 
 

Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan aholini yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa o‘zgalar yordamiga muhtoj, yolg‘iz keksalar va nogironlarni qo‘llab qo‘vatlash, ularga yaqindan yordam berib, aholini turmush tarzini oshirishga katta ahamiyat berilib, bu borada bir qancha Qaror va Farmoyishlar chiqarilgan.

“Muruvvat” uyida yashayotgan nogironlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatni yanada yaxshilash maqsadida hukumatimiz va bir qancha xomiy tashkilot hamda fuqarolar tomonidan amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Ushbu xayrli anananinng uzviy davomi sifatida Samarqand viloyat Urgut tuman bosh imom xatibi Sh.Haqberdiyev tashkilotchiligida Urgut tuman “Muruvvat” nogironlar uyida yashab kelayotgan 450 nafar 1-chi va 2-chi guruh nogironlariga ko‘p yillardan buyon xomiylik yordami ko‘rsatib kelinadi.

Anashunday moddiy va amaliy yordamlardan yana biri “Yangi yil bayrami” munosabati bilan joriy yilning 28 dekabr kuni mazkur “Muruvvat” nogironlar uyida bo‘lib o‘tdi. U yerdagi ko‘ngli yarim insonlarga xursandchilik ulashish maqsadida bayram dasturxoni yozildi va xomiylar tomonidan barchalariga bayram sovg‘alari tarqatildi.

Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida Urgut tuman bosh imom xatibi Sh.Haqberdiyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutlar ekan, mustaqillikning bizga bergan ulug‘ ne’mati – tinchlik ne’matiga shukr qilish, 2016 yil muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Sog‘lom ona va bola” yili deb elon qilingani, zero ona sog‘lom bo‘lsa undan dunyoga keladigan farzand sog‘lom bo‘ladi, bola sog‘lom bo‘lsa kelajagimiz obod bo‘lishi haqida gapirib o‘tdi.

Abdug‘ani Hasanov

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyat vakilligi mutaxassisi


Kiritilgan vaqti: 29/12/2015 00:00;   Ko‘rilganligi: 1927
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muruvvat-uyiga-qilingan-saxovat
Chop etilgan vaqti: 09/12/2019 18:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing