O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muruvvat uyida katta bayram

 
 

28 dekabr kuni viloyatimizning Urgut tumanida joylashgan tuman “Muruvvat” uyida katta bayram tashkil etildi.

“Muruvvat” uyida yashovchi nogironligi bor 450 nafar fuqaroga tuman bosh imom xatibi Shodi domla Haqberdiyev tomonidan homiylarni jalb qilgan holda yil almashayotgani munosabati bilan bayram sovg‘alari ulashildi.

Jismoniy imkoniyati cheklangan ushbu fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibor, g‘amxo‘rlikdan ko‘ngillari shod bo‘ldi, tashkilotchilar, homiylarga yuzlarida shodlik bilan minnatdorchiliklarini izhor qildilar.

Ta’kidlash lozimki, tuman bosh imom xatibi bayramlar munosabati bilan “Muruvvat uyi”ga doimiy xayriyalar, moddiy yordamlar ko‘rsatib keladi.

Muhtojlar qo‘llaridan tutish, ko‘ngli siniqni shod etish islom shiorlaridan biridir. Zero bobokalonimiz Alisher Navoiy rahmatullohi alayh aytganlaridek:

Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1053
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muruvvat-uyida-katta-bayram
Chop etilgan vaqti: 21/09/2020 10:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing