O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari Payariq va Urgut tumanlariga tashrif buyurdilar

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va Payariq tumani bosh imom-xatibi Mansur domla Abduxoliqov hamda Payariq tumani hokimi Dilshod Musinovlarning hamrohligida mazkur tumanda joylashgan “Tohir Shayx” jome masjidiga tashrif buyurdilar. Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur masjidning yangi, zamonaviy binosining qurilishi ishlari boshlanish arafasida.

Muftiy hazratlari ushbu xayrli ishlarning boshi o‘laroq mazkur masjid poydevoriga tamal toshini qo‘ydilar hamda bu masjid mo‘min-musulmonlar uchun ziyo va hidoyat tarqatuvchi, yoshlar ma'rifati yuksalishida hissa qo‘shadigan dargoh bo‘lishini Allohdan so‘rab va bunday xayrli ishlarga moddiy va ma'naviy yordam berayotgan saxovatpesha insonlar haqqiga duoi xayrlar qildilar.

Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamda Urgut tuman bosh imom-xatibi Shodi domla Xaqberdiyevlar bilan tumanidagi yangi qurilgan, zamon talablariga to‘la javob beradigan masjid binosiga ham tashrif buyurdilar.

Muftiy hazratlari ushbu mo‘jaz masjidga tashriflari davomida uning faoliyati yuzasidan muhim tavsiyalar berdilar va ushbu masjidning qiyomatga qadar mo‘min-musulmonlarga xizmat qilishini so‘rab xayrli duolar qildilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/01/2021 14:43;   Ko‘rilganligi: 755
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-payariq-va-urgut-tumanlariga-tashrif-buyurdilar
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing