O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari bilan Hadis ilmi maktabida muloqot bo‘ldi

 
 

Avval xabar berganimizdek, 23 yanvar kuni joylarda amalga oshirilayotgan diniy-ma'rifiy islohotlar va mo‘min-musulmonlar hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Samarqand viloyatida bo‘lib turibdilar. Mehmonlarga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov hamrohlik qilmoqda. Tashrif avvalida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, u yerda buyuk muhaddisning “Sahihul Buxoriy” asarining xatmi yakunlanib, Qur'oni karim oyatlari tilovatidan so‘ng ezgu duolar qilindi.
Shundan so‘ng muhtaram mehmonlar Hadis ilmi oliy maktabi o‘qituvchi va talabalari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdilar. Ochiqlik va samimiylikda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov yurtimizda diniy-ma'rifiy sohaning rivojlantirish bo‘yicha Davlatimiz Rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va mazkur islohotlarning zamirida Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘lgan diyorimizning mavqe'ini yanada oshirish zarur ekanini alohida ta'kidladilar.
Muloqot yakunida muftiy hazratlari muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan bildirilgan ishonch va shart-sharoitlar o‘zining natijasini berayotganini ta'kidlab, Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdoddarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rgatish hamda dinimiz asoslari, hadis ilmlarini mukammal o‘zlashtirgan kadrlar tayyorlash maqsadida muhim tavsiyalarini berdilar.

Samarqand viloyati tashrifi davom etmoqda.

Hadis ilmi maktabi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/01/2021 15:15;   Ko‘rilganligi: 768
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-bilan-hadis-ilmi-maktabida-muloqot-boldi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 18:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing