O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazrat boshchiligida xatmi Buxoriy o‘qildi

 
 

Bugun, 23 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyatiga tashriflari davomida Imom Buxoriy ziyoratgohida indoneziyalik insonlarning iltimosiga binoan ado etilgan “Sahihul Buxoriy” kitobining xatmonasida ishtirok etdilar. Marosimda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ishtirok etdi.
Xatmi Buxoriy xatmonasini muftiy hazratlari boshchiliklaridagi bir guruh mo‘tabar ulamolar qatorida Hadis ilmi oliy maktabi ustozi, misrlik olim Shayx Mahmud ham o‘qib berdilar.
Shundan so‘ng xatmona yakunida yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xonadonlarimizga qut-baraka, butun dunyo, jumladan diyorimiz turli balo va ofatlardan omonda bo‘lishini so‘rab duolar qildilar.
Mo‘tabar manbalarda Imom Buxoriy hazratlarining «Sahihi Buxoriy» to‘plamlarini o‘qib chiqish orqali ham turli baloyu ofatlardan saqlanish mumkinligi qayd etilgan.
Shunday ekan, Alloh taolo tez va qisqa fursatda yurtimizdan bu baloni ko‘tarib, ma'mur va farovon hayotimiz iziga tushib ketishini nasib etsin. Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan yurtdoshlarimizga shifoi komil bersin, muhtaram Prezidentmiz tomonlaridan boshlangan oqilona islohotlarimizni oxiriga yetkazishni nasib etsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo va xalqimiz hayoti farovon bo‘lsin.

Samarqand viloyati Qorasu mavzesida yangi qurilishi rejalashtirilgan jome masjidning loyihasi bilan tanishildi. Muftiy hazratlari tomonidan bunyodkorlik ishlarini milliy va zamonaviy andozalarga mos holda amalga oshirish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Samarqand viloyati safari davom etmoqda.

.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/01/2021 15:02;   Ko‘rilganligi: 702
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazrat-boshchiligida-xatmi-buxoriy-oqildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 19:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing