O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mufti hazratlarining Samarqandga tashrifi boshlandi...

 
 

Bugun, 17 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovning Samarqand viloyatiga tashriflari boshlandi.

Tashrif davomida viloyatda ma'naviy-ma'rifiy, xususan, diniy sohada olib borilayotgan islohot va yangilanishlarni ko‘zdan kechirish, va mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish nazarda tutilgan. Shuningdek, tashrifdan ko‘zlangan yana bir maqsad shuki, joriy yilning 8 iyun' kunidan boshlab faqat «yashil» hududlarda masjidlar o‘z faoliyatini boshlashi munosabati bilan jomelarda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari, sanitar choralar bilan yaqindan tanishishdir.

Mehmonlarning tashrifi, dastlab viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov hamrohligida Ishtixon tumanida joylashgan “Orlot” jome masjidida bo‘ldilar. Dastlab, Qur'oni karim tilovat qilingach, bu masjidning to qiyomatgacha Alloh taologa ibodat qilinadigan, xatmi Qur'onlar, zikru tasbehlar o‘qiladigan sajdagoh bo‘lishini, moddiy va ma'naviy obod aylashi, mo‘min-musulmonlar ibodat qiladigan baytulloh bo‘lishini tilab, xayrli duolar qilinib, ushbu dargohda qo‘nim topgan barcha o‘tganlarning ruhiga bag‘ishlandi. Shundan so‘ng mehmonlar masjidda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Hammalarimizga ma'lumki “Orlot” jome masjidida namozxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida so‘ngi yillarda qurilish-ta'mirlash ishlari jadal suratlarda amalga oshirilmoqda. Mehmanlar bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Bunday ezgu ishga hissa qo‘shish istagidagi quruvchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, bor kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilishmoqda. Zero, masjid qurishning savobi ulug‘ ekani Islom manbalarida bayon qilingan. Bu haqda Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan bunday rivoyat qilingan: “Kim masjidda bitta chiroq yoqsa, o‘sha chiroqning nuri o‘chgunicha farishtalar u kishining haqqiga istig‘for aytib turadilar”. Mana shunday savobli ishlarga muxlis xalqimiz masjid binosi qurilishida faol ishtirok etmoqda.
Alloh taolo ushbu jome masjidni tez kunlarda bunyod etilib, xalqimizga muborak aylashini nasib etsin!

Tashrif davom etmoqda...

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/06/2020 14:14;   Ko‘rilganligi: 1117
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/mufti-hazratlarining-samarqandga-tashrifi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 08:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing