O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Moskvada Qur’on bayrami

 
 

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Moskvadagi “Krokus Siti Xoll” tantalar saroyida “Xalqaro Qur’on bayrami” bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir doirasida Moskvada halol mahsulotlar degustatsiyasi (totib ko‘rish) marosimi ham tashkillashtiriladi. Bundan tashqari, 32 mamlakatdan tashrif buyurgan qorilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan XVIII Qorilar musobaqasining eng yaxshi 5 nafar qorisi ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni ajoyib madaniy dasturlar kutmoqda. Hofizi Qur’onlarning Qur’on tilovatlari va mashhur ulamolar tomonidan talabalar va ustozlar uchun master-klasslar bo‘lib o‘tadi. Tadbir afishasida g‘oliblarni umra va haj ziyorati, Marokash va Turkiyaga sayohat hamda “Iphone 7” kabi ajoyib sovg‘alar kutayotgani aytiladi. Shuningdek, ishtirokchi va mehmonlar tadbir doirasida tashkil etiladigan ko‘rgazmada o‘zlariga yoqqan ajoyib san’at asarlarini sotib olishlari ham mumkin.

manba: muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 17/08/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2221
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/moskvada-quron-bayrami
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 22:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing