O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MILLIY VA DINIY HAMJIHATLIK - TINCHLIK VA TARAQQIYOT OMILI

 
 

Joriy 2016 yilning 16 yanvar kuni Samarqand shahrida “Milliy va diniy hamjihatlik – tinchlik va taraqqiyot omili” mavzusida milliy madaniy markazlar, Do‘stlik jamiyatlari, diniy konfessiyalar vakillari hamda aholi bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab tashkilotlar vakillari qatorida viloyat bosh imom xatibi N.Islamov, bosh imom xatib o‘rinbosari Z.Eshonqulov, shuningdek, Samarqand shahri va unga tutash tumanlardan 100 nafarga yaqin imom xatiblar ham ishtirok etdilar.

Bugungi kunda atrofda bo‘layotgan vaqea-hodisalarni teran anglash, yurtimizdagi tinchlik osoyishtalikning yanada qadrlash, millatlar, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar ko‘plab millat va turli din vakillaridan iborat O‘zbekiston xalqining bir osmon ostida hamjihat, totuv-inoq, quda-anda bo‘lib yashayotganlari, buning zamirida olib borilayotgan odilona siyosat, kuchli ijtimoiy himoya, bag‘rikenglik tamoyillari yotganini, fuqarolar zimmasida esa bu kunlar qadriga yetib, tinchlik bardavomligi uchun bir tanu bir jon bo‘lib kurashish vazifasi turishini ta’kidladilar.

Xususan, so‘zga chiqqan viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon domla Islamov barcha dinlar tinchlik dini ekani, Alloh taolo insoniyatni bir ota va bir onadan yaratgini, shuning uchun butun yer aholisi aka-uka, opa-singil singari inoq bo‘lib yashashlari lozimligi, Qur’oni karimda ham: “Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir” (Hujurot, 13), deya ta’kidlanganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda shaxmat bo‘yicha turli millat vakillari orasida o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Yig‘ilish so‘ngida milliy-madaniy markazlar tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi namoyish etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/01/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2802
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/milliy-va-diniy-hamjihatlik---tinchlik-va-taraqqiyot-omili
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 03:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing