O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MILLIY VA DINIY BAG‘RIKENGLIK BARQARORLIK OMILI MAVZUSIDA ILMIY AMALIY SEMINAR

 
 

2016 yil 25 avgust kuni Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hamda Samarqand davlat chet tillari institutida “Milliy va diniy bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘nda Respublika targ‘ibot guruhi vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili N.Islamov hamda vakil o‘rinbosari Z.Eshonqulovlar ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

Bugungi kunda atrofda bo‘layotgan vaqea-hodisalarni teran anglash, yurtimizdagi tinchlik osoyishtalikni yanada qadrlash, millatlar, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar ko‘plab millat va turli din vakillaridan iborat O‘zbekiston xalqining bir osmon ostida hamjihat, totuv-inoq, quda-anda bo‘lib yashayotganlari, buning zamirida olib borilayotgan odilona siyosat, kuchli ijtimoiy himoya, bag‘rikenglik tamoyillari yotganini, fuqarolar zimmasida esa bu kunlar qadriga yetib, tinchlik bardavomligi uchun bir tanu bir jon bo‘lib kurashish vazifasi turishini ta’kidladilar.

Xususan, so‘zga chiqqan viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon domla Islamov, bosh xatib o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov barcha dinlar tinchlik dini ekani, Alloh taolo insoniyatni bir ota va bir onadan yaratgini, shuning uchun butun yer aholisi aka-uka, opa-singil singari inoq bo‘lib yashashlari lozimligi, Qur’oni karimda ham: “Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir” (Hujurot, 13), deya ta’kidlanganini aytib o‘tdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/08/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3129
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/milliy-va-diniy-bagrikenglik-barqarorlik-omili-mavzusida-ilmiy-amaliy-seminar
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 16:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing