O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MASJIDLARDA KAMCHILIK BO‘LMASLIGI KERAK

 
 

“Albatta, (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (masjidlarda) Alloh bilan qo‘shib yana biror kimsaga duo (ibodat) qilmangiz!”degan (Jin surasi, 18-oyat).

Darhaqiqat, masjidlar Allohniki va u yerda amalga oshiriladigan har bir ish Alloh uchun bo‘lmog‘i lozim. Masjidni o‘z Egasiga munosib tarzda bo‘lishiga har birimiz mas’ulmiz.

Samarqand viloyati bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrullo Sattorov viloyatimiz masjidlaridagi mavjud holatlarni o‘rganish maqsadida 4 oktyabr kuni Bulung‘ur tumaniga tashrif buyurdi.

Ma’lumki, Bulung‘ur tumani viloyatda alohida ahamiyat kasb etuvchi tumandir. Yurtimiz bo‘ylab safarga otlangan fuqaro borki albatta ushbu tuman hududini bosib o‘tadi. Bu esa tumanning barcha ijtimoiy qatlami vakillariga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklaydi.

X.Sattorov tashrif davomida tuman imom xatiblari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ular tomonidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarini tingladi. Namunali ishlar uchun minnatdorchiliklar bildirdi. Masjidlarni obod tutishga doir ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tdi.

Keyin esa ber nechta masjidlarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha imom xatiblarga vazifalar yukladi.

Ushbu tashrifdan masjidlar faoliyatini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.


Kiritilgan vaqti: 06/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 799
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/masjidlarda-kamchilik-bolmasligi-kerak
Chop etilgan vaqti: 24/09/2020 15:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing