O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Masjidlar yana ham obod bo‘lmoqda

 
 

So‘ngi vaqtlarda namozxonlar, mahalliy va xorijiy mehmonlarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida masjidlarni kengaytirish uchun yangi binolar, zamonaviy tahoratxonalar qurilib, eskilari ta'mirlanmoqda. Samarqand viloyati masjidlarida olib borilayotgan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘MI Samarqand viloyat vakili Z.Eshonqulov Samarqand shahridagi “Murod Avliyo” masjidida yangidan barpo etilayotgan tahoratxonaning qurilish ishlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng Ishtixon tumani “Muhojirlar” jome masjidi uchun quriladigan yangi tahoratxoaning ilk g‘ishtlarini qo‘yish tadbirida ishtirok etdi.

Qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgan Qo‘shrabot tumanidagi “Jo‘sh ota” jome masjidida ham ishlar avjida. Ishlarning borishi bilan viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov xabardor bo‘lib turibdi.

         Albatta, masjidlarning obod bo‘lishi, qurilishiga hissa qo‘shgan har bir kishiga jannatda qasr barpo qilinishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz.  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 17/10/2019 15:54;   Ko‘rilganligi: 982
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/masjidlar-yana-ham-obod-bolmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 08:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing