O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MA’NAVIYAT SOATLARI O‘TKAZILDI

 
 

2017 yil 23 fevral payshanba kuni viloyatning barcha shahar va tumanlarining markaziy masjidlarida imom xatiblar ishtirokida “ma’naviyat saoti” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ma’naviyat targ‘ibot markazi shahar va tuman bo‘limi rahbarlari asosiy ma’ruzachi sifatida qatnashdilar.

Qiziqarli mavzular, jonli muzokaralar asosida bo‘lib o‘tgan ma’naviyat soatlarida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov haqidagi «Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» filmi namoyish etildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 7 dekabr O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasi qabul qilingan kunining 24 yilligi munosabati bilan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasi mazmun mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Imom xatiblar faoliyatini jonlantirish, o‘zaro hamkorlikni mukammal yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida” samarali faoliyat olib borish maqsadida tashkil etilgan ma’naviyat soatlarida diniy masalalar, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda ma’ruzalar olib borish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ma’naviyat soatidan so‘ng ishtirokchilar birgalikda tadbir o‘tgan masjid atrofida yashovchi yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar, kam ta’minlanganlar va shu kabi moddiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olishi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’naviyat soatlari oyda ikki marta, payshanba kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan hamda ular sayyor ko‘rinishda olib boriladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/02/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2893
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/manaviyat-soatlari-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing