O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR O‘TKAZILDI

 
 

2016 yilning 19 yanvaridan 2 fevraliga qadar Samarqand davlat universitetining qator fakultetlarida norasmiy diniy oqimlar ta’siri, talabalarni bunday oqimlar ta’siridan asrash, ularni bu oqimlarga kirib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik, hamda missionerlik faoliyatini olidini olish maqsadida tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan tadbirlarning barchasida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom xatibi N.Islamov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Din, aqidaparastlik va tahdid, islom dini aqidaparastlikni qoralaydi, yoshlar ichida diniy ekstremizm va missionerlik g‘oyalari tarqalishini oldini olishning o‘ziga xos jihatlari, diniy ekstremizm ­­­– tinchlik va taraqqiyot dushmani, diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdid, ogohlik – davr talabi, ma’naviyatimizga tahdid kelajagimizga tahdid kabi mavzular asosida o‘tkazilgan tadbirlar davomida talabalarga kerakli ma’lumotlar, tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Ushbu tadbirlar yurtimizda tinchlikni asrash, barqarorlikni ta’minlash zamirida olib borilayotgan ishlarning muhim bo‘lagidir.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 06/02/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1903
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/manaviy-marifiy-tadbirlar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 15/11/2019 08:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing