O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

KOREYa RESPUBLIKASI ISHBILARMONLARI KO‘HNA KENTDA BIZNES-FORUM O‘TKAZDI

 
 

Samarqand shahrida viloyatimiz va Koreya Respublikasi ishbilarmonlarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi va Koreya - Markaziy Osiyo hamkorlik uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev, savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy bosh­qarmasi boshlig‘i Sh.Yuldoshev viloyatimiz sanoati, iqtisodiyoti, qishloq ho‘jaligi va bosh­qa sohalar haqida so‘z yuritdi.

Hozirda viloyatimizda Koreya Respublikasi kapitali ishtirokida 30 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 20 tasi qo‘shma korxona bo‘lsa, 11 tasi Koreya Respublikasi kompaniyalari kapitali hisobidan tashkil etilgan korxonalardir.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatimiz va Koreya Respublikasi o‘rtasida tovar aylanmasi 12 million 296 ming dollarni tashkil etdi. Jumladan, 899 ming dollarlik eksport amalga oshirilgan.

- Mazkur biznes-forumdan ko‘zlangan maqsad samar­qandlik va koreyalik tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan iborat, - deydi Koreya - Markaziy Osiyo hamkorlik uyushmasi prezidenti Li Ok-Ryun xonim. - Shu bilan birga, biznes-forum davomida tadbirkorlar o‘zaro tajriba almashdi. Bu tomonlar uchun juda foydalidir.

Manba: "zarnews.uz"


Kiritilgan vaqti: 07/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1508
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/koreya-respublikasi-ishbilarmonlari-kohna-kentda-biznes-forum-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing