O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kollej talabalari Imom Buxoriy majmuasi ziyoratida

 
 

Payariq tuman hokimligi tashabbusi bilan yoshlarga o‘zligini anglatish, shonli tarix zarvaraqlarini eslatish, qanday buyuk ajdodlarning avlodi ekanini doimiy his etib turishlariga erishish maqsadida tumandagi kasb-hunar kollejlari talabalarining Imom Buxoriy majmuasiga tashrifi tashkillashtirildi.

18 mart kuni Payariq yengil sanoat kasb-hunar kolleji, 19 mart kuni Chelak qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji talabalari majmuaga tashrif buyurdilar. Talabalarga majmua direktori v.b. hamda Imom Buxoriy jome masjidi imom xatibi Zayniddin Eshonqulov Imom Buxoriy hazratlarining tarixi, u kishining islom dini rivojiga qo‘shgan hissasi hamda mustaqillik yillarida u zot ruhiga bo‘lgan davlat darajasida e’tibor, majmuada olib borilgan islohotlar, bunyodkorliklar haqida batafsil so‘zlab berdi.

Shuningdek, majmuaning anjumanlar zalida o‘tkazilgan davra suhbati davomida ham talabalarga ilmning fazilati, har kim o‘z tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishga intilishi lozimligi, yurtimiz ko‘plab dunyo tan olgan ulamolarga beshik bo‘lgani, bugungi yoshlar ham ajdodlarga munosib avlod bo‘lishi kerakligi xususida maslahat va tavsiyalar berildi.

Majmuaga talabalarning tashrifi davom etmoqda va bu 25 mart kuniga qadar bo‘lishi rejalashtirilgan.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/03/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2367
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/kollej-talabalari-imom-buxoriy-majmuasi-ziyoratida
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 20:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing