O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kiyimimiz bizga ziynat bo‘lyaptimi?

 
 

Kiyim – kishi ma'naviyati, madaniyati, didi va dunyoqarashining ko‘zgusi. U insonni issiq va sovuqdan saqlaydi, avratlarini berkitib, kishiga ziynat bo‘ladi. 

Alloh taolo marhamat qiladi: “Ey, Odam avlodi! Sizlarga avratlaringizni berkitadigan libos va patlar (ziynat kiyimlari)ni tushirdik. (Ammo) taqvo libosi – bu, yaxshiroqdir. Bu(lar) Allohning mo‘jizalaridandir. Shoyad (buni) eslab ko‘rsalar!” (A'rof surasi 26-oyat).

Ushbu oyati karimada Alloh taolo insonlarga avratlarini berkitadigan va ularga ziynat bo‘ladigan turli liboslarni bichish, tikish tayyorlash uchun imkon berganini “nozil qildik” deya avratlarni ushbu liboslar ila to‘sishga amr etmoqda.

Bugun jamiyatimiz a'zolari orasida kiyinish ma'daniyatiga bo‘lgan talab keskin o‘zgarmoqda. Bu mavzu asosan yoshlar tegishli.

O‘zbek xalqi asrlar osha qadrlab kelayotgan milliy liboslari bilan butun dunyoga dovrug‘ taratgan. Turli ranglarda atlasu adraslar nozik xilqat vakillari ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Beqasam to‘n, milliy do‘ppi va belbog‘ alp o‘g‘lonlarga yarashadi.

Bugun madaniy qadriyatlar globallashuvi liboslarga ham o‘z ta'sirini o‘tkazgani achinarli hol. G‘arbdan kirib kelayotgan ajnabiy surat va turli yozuvlar aks etgan kiyimlarni ko‘rganda kishi yoqa ushlaydi. Ayniqsa, ayrim o‘smir yigitlar ustidagi liboslar har qanday insonni taajjubga solishi, shubhasiz.

Kiyinish madaniyati borasida buyuk mutafakkir va allomalar ham o‘z asarlarida turli fikr-mulohazalarni bayon etishgan. So‘z mulkining sultoni Alisher Navioy “Mahbub ul-Qulub” asarida: “Erkaklarning o‘zini ko‘z-ko‘z qilish uchun yasanishi xotinlarning oroyish uchun bezanishi kabidir. Ammo bu kabi bezanmoq har ikkalasi uchun ham nomunosib, xususan, erkaklar uchun ko‘proq sharmandalikdir”, deya ta'kidlab o‘tgan.

Shu bois har bir farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazayotgan oilalarning farzand tarbiyasi va kiyinishga bo‘lgan e'tibori muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omillardan hisoblanadi.

 

A.Pazlitdinov,

Yangiyo‘l shahar bosh imom-xatibi

Manba: Muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 16/10/2020 17:06;   Ko‘rilganligi: 832
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/kiyimimiz-bizga-ziynat-bolyaptimi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 08:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing