O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kattaqo‘rg‘on tumaniga 12 nafar iqtidorli imom safarbar etildi

 
 

9 noyabr, 2018 yil. Haftaning muborak juma kuni. Ushbu muborak kunda viloyatimizda ko‘zga ko‘ringan, ko‘p yillardan beri islom dini xizmatida kamarbasta bo‘lib kelayotgan 12 nafar tajribali imom xatiblarimiz chekka tumanlardan biri – Kattaqo‘rg‘on tumanidagi masjidlarga juma namozini ado etib berish uchun tashrif buyurdilar. Viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov, Bulung‘ur tumani bosh imom xatibi T.Ravshanov, Pastdarg‘om tumani bosh imom xatibi O.Nazarov shular jumlasidan.

O‘ziga xos tarix va qadimiy madaniyatga ega bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on tumanida bugungi kunda 31 ta jome masjid faoliyat ko‘rsatmoqda. Son jihatidan bu viloyatda ikkinchi o‘rin hisoblanadi. Mazkur 31 masjidning 12 tasida namozxonlar mehmon imom xatiblarning ilmlaridan, tajribalaridan bahra oldilar. O‘z navbatida voizlar chet hududlardagi masjidlarni obod etib turgan masjid imom xatiblari va namozxonlarga minnatdorchiliklar bildirib, dillariga xushnudlik ulashdilar.

Tajriba bilan o‘rtoqlashish, imomlarning rag‘batini oshirish, samarali faoliyat olib borishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir kelgusida o‘z mevasini berishiga ishonamiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1513
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/kattaqorgon-tumaniga-12-nafar-iqtidorli-imom-safarbar-etildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 17:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing