O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Jismoniy imkoniyati cheklanganlarga sovg‘a berildi

 
 

Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.

Alisher Navoiy.

Navro‘z bayrami arafasida viloyatimiz bo‘ylab qator xayriya ishlari amalga oshirildi. Imom xatiblar tashabbusi va homiylar ko‘magi ostida jismoniy imkoniyati kechlanganlar va mehrga muhtojlar holidan xabar olindi.

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi tomonidan tumanda yashovchi jismoniy imkoniyati cheklangan qator fuqarolarga nogironlik aravachasi tarqatildi.

Ushbu xayrli ishga tuman imom xatiblari ham o‘z hissalarini qo‘shdilar. Jumladan “Valijon” jome masjidi imom xatibi Qodirov Usmon Valijon MFYda yashovchi 3 nafar nogironligi bor bo‘lgan fuqaroga tuman hokimligi tomonidan hadya qilingan nogironlik aravachasini MFY raisi bilan birgalikda taqdim qildi.

O‘z navbatida hadyani qabul qilgan fuqarolar yurtimizdagi islohotlarni e’tirof etib, hech kim e’tibordan chetda emasligidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 22/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1027
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/jismoniy-imkoniyati-cheklanganlarga-sovga-berildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2020 07:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing