O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Jamiyat oldida mas’ulmiz

 
 

12-13 noyabr kunlari viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova boshchiligida Jomboy hamda Kattaqo‘rg‘on tumani otinoyilari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Noyabr oyining avvalgi sanasidan beri davom etib kelayotgan “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni va rolini oshirish” mavzusida uchrashuvlar shu kungacha Samarqand shahri, Oqdaryo, Ishtixon, Qo‘shrabot, Bulung‘ur va Urgut tumani otinoyilari bilan tashkil etildi. Ularda 350 dan ziyod otinoyilar qamrab olindi.

Uchrashuvlarda ayol-qizlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirib borish va uni daomiy ta’minlash ishlarida otinoyilar faollikka chaqirilmoqda.

Bugunning otinoyisi ayol qizlarimizni ma’rifatga chorlovchi muallimalardir. Shuning uchun ular hamisha ilg‘or va jonkuyar bo‘lmoqlari lozim.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 13/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1589
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/jamiyat-oldida-masulmiz
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 13:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing