O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Iydi Ramazon oldi yig‘ilishi

 
 

2017 yil 21 iyun kuni Samarqand viloyati vakilligi hamda shahar va tuman bosh imomlari, Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari ishtirokida Ramazon hayiti oldidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ramazon hayitini munosib kutib olish va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha maslahatlashish, kelishib olish maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda masjidlar va ularning atrofida, masjidlarga tutash ziyoratgoh va qabristonlarda obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, hayit namozi vaqtini belgilash, masjidlarda ibodat uchun qulay sharoitlar tashkil etish choralarini ko‘rish masalalari muhokama etildi.

Iyd kuni davomida masjidlarda ogohlikni oshirishga doir ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ushbu ulug‘ bayramni tinch-osuda o‘tkazilishida imom-xatiblarning mas’uliyatini kuchaytirish lozimligi uqtirilib, shahar va tuman bosh imomlariga bu borada amaliy ishlar ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek yig‘ilish davomida asosiy urg‘u 2017 yil 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining imom xatiblar bilan bo‘lib o‘tgan bevosita uchrashuvida bergan topshiriqlarining ijrosini ta’minlashga qaratilib, bu borada olib borilayotgan amaliy ishlarning samarasini oshirish bo‘yicha fikr va mulohaza yuritildi. Imom xatiblarning joylarda olib borayotgan ishlarini tizimli tashkil etish, asosiy e’tiborni natijaga qaratish bo‘yicha bosh imomlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida Ramazon hayitining osuda o‘tishi, ushbu ayyomni barcha yurtdoshlarimizga muborak etishini so‘rab duoyi xayrlar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 21/06/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1476
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/iydi-ramazon-oldi-yigilishi
Chop etilgan vaqti: 22/11/2019 03:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing