O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Indoneziyadagi ko‘p farzandli oila O‘zbekiston haqida kitob yozdi

 
 

O‘n bir farzandli Gen va Halilintar oilasi Indoneziyadagi ko‘p bolali xonadon hisoblanadi. Bu oila ziyorat turizmni faol targ‘ib etmoqda.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, bu oila 2014 yilda yurtimizda, jumladan, Samarqandda sayohatda bo‘lib, bundan juda katta taassurot oladi. Shu sababli ular mamlakatimizdagi tarixiy-madaniy inshootlar, muqaddas qadamjolar va xalqimiz madaniyati, an’ana va urf-odatlari haqida “O‘zbekiston – mehmondo‘st davlat” (“UZBEKISTAN NEGARA SAHABAT”) nomli kitob yozdi. Hozirgacha bu kitob 100 ming nusxada nashr etildi va Indoneziyada juda mashhur bo‘ldi. “GenHalilintar” oilasi mazkur kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilish va Samarqandda nashr etishni rejalashtirgan.

Ta’kidlash lozimki, “GenHalilintar” oilasini “King of YouTube” (Yutub qiroli) deb ham atashadi. Chunki, oila YouTube kanalida juda katta – 15 millionlik auditoriyaga ega. Ularning O‘zbekistonga safari haqidagi videosini tomosha qilganlar hozirgacha 150 mingdan oshdi.

“GelHalilintar” Samarqand shahrida turizmni rivojlantirishni istaydi. Buning uchun ularning o‘zi ham qadimiy va hamisha navqiron shahar turizm sohasiga investitsiya kiritish niyatida.

Manba: “zarnews.uz”


Kiritilgan vaqti: 27/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 774
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/indoneziyadagi-kop-farzandli-oila-ozbekiston-haqida-kitob-yozdi
Chop etilgan vaqti: 24/09/2020 17:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing