O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Indoneziya va Malayziya sayyohlik vakillari Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

 
 

2017 yil 31 iyul kuni Indoneziya va Malayziya sayyohlik kompaniya rahbarlari va vakillaridan iborat 120 kishilik sayyohlar guruhi Samarqandga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif mehmonlarning bir kun oldin Buxoro viloyatiga qilgan safarlarining uzviy davomi bo‘ldi.

“Uzbekturizm” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir Prezidentimizning yurtimizda turizmni rivojlantirish borasida bergan topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar sirasiga kiruvchi istiqbolli loyihalardan biridir.

Viloyat bosh imom xatibi hamda “Imom Buxoriy” jome masjidi imomi Zayniddin Eshonqulov tomonidan mehmonlarga majmua tarixi, mustaqillikdan so‘ng bu yerda amalga oshirilgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Ayniqsa, 1959 yil Indoneziya prezidenti Sukarno janoblarining Imom Buxoriyga qilgan tashrifi to‘g‘risidagi ma’lumot mehmonlarga o‘zgacha taassurot uyg‘otdi.

Vakillar turizmni yanada yaxshi yo‘lga qo‘yishi, bu borada hamkorlikni rivojlantirishni takidladilar.


Kiritilgan vaqti: 01/08/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1087
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/indoneziya-va-malayziya-sayyohlik-vakillari-imom-buxoriy-majmuasiga-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 15/11/2019 08:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing