O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imomlarimiz ta’lim muassasalarida

 
 

Dushanba kuni Samarqand viloyati imom-xatiblari tomonidan ta’lim muassasalari bilan ishlash kuni sifatida belgilangan. Shu kunda imomlarimiz joylarda ta’lim muassasalariga chiqib o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va o‘quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazadilar.

5 noyabr – dushunba kunida ham qator ta’lim mussasalarida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ularda ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan imom-xatiblar ilmning ahamiyati, ustozga, ota-onaga hurmat, yurtning ertasi uchun daxldorlik hissini uyg‘otish, yetuk inson bo‘lib yetishishga intilish bo‘yicha nasihatlar qildilar.

Aqidaparastlik, e’tiqodiy nizolar, missionerlik harakatlari, ekstremizm va terrorizm xavfidan ogoh bo‘lish, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik haqida tushunchalar berib o‘tdilar.

Quyida o‘tkazilgan uchrashuvlardan namunalar keltiramiz:

Samarqand shahar “Domla Kamoliddin” jome masjidi imom xatibi I.Absalomov Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti qashidagi 1-sonli akademik litseyda;

Samarqand shahar “Panjob” jome masjidi imom xatibi B.Rizayev Samarqand shahar qishloq xo‘jalik kollejida;

Samarqand shahar “Lohutiy” jome masjidi imom xatibi O‘.Umirqulov Samarqand shahar Iqtisodiyot kollejida;

Samarqand shahar “Qoraboy Oqsoqol” jome masjidi imom xatibi B.Bobobekov Samarqand shahar bank kollejida;

Jomboy tuman bosh imom xatibi N.Xidirov tuman maishiy xizmat ko‘rsatish kasb hunar kollejida;

Bulung‘ur tuman “Kildon” jome masjidi imom xatibi T.Mamatqulov tuman sanoat kollijida;

Urgut tuman “Mallato‘raqul” jome masjidi imom xatibi M.To‘rayev tuman agrofirma va servis kasb hunar kollejida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1430
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imomlarimiz-talim-muassasalarida
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 00:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing