O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOMLARIMIZ SHOHSUPADA

 
 

Joriy 2016 yil 24 may kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani imom-xatiblari va imom noiblaridan iborat futbol guruhi tumanda tashkil etilgan tashkilot va idoralararo futbol musobaqasining final bosqichida ishtirok etishdi. Finalda tuman Ichki Ishlar bo‘limi futbol jamoasi imomlarimizga qarshi to‘p surdi.

Shiddatli kechgan o‘yinda natija 4 : 5 hisobida tuman IIB jamoasi foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsada imomlar jamoasi 21 mart - “Navro‘z” bayramidan beri damov etib kelyayotgan musabaqa davomida irodali o‘yinlar va qator g‘alabalar namoyish etib berdilar.

Guruh bahslarida “Obodonlashtirish boshqarmasi” jamoasini 5 : 0 hisobida, “Mahalla” xayriya jamoat fondi jamoasini 5 : 0 hisobida, Soliq inspeksiyasi jamoasini 3 : 2 hisobida mag‘lub etgan imomlar nimchorak finalda tuman Xalq ta’limi bo‘limi jamoasini 10 : 2 hisobida yengishdi.

Chorak final bahsida Kampyuter texnalogiyalari kolleji jamoasi bilan 8 : 7 hisobida natija ko‘rsatib, yarim finalda Suv havzasi transporti kolleji jamoasi qarshiligini 6 : 1 hisobida yengib o‘tdilar va finalga yo‘l oldilar.

Finalda yuqorida zikr etilgan natijani qo‘lga kiritgan imomlar jamoasi musobaqa davomida ko‘rsatgan o‘yinlariga binoan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar:

“Eng ko‘p gol urgan o‘yinchi” – Chag‘atoy jome masjidi imom xatibi Egamberdiyev Shuhrat;

Eng yaxshi markaziy yarim himoyachi” – Xo‘ja Jarroh jome masjidi imom xatibi Shamsiddinov Sirojiddin;

“Eng yaxshi markaziy himoyachi” – Tavaron jome masjidi imom xatibi Mamadaliyev Nusratulloh;

“Eng yaxshi o‘ng qaton himoyachisi” Qoqsoy jome masjidi imom xatibi Sayfiyev Azizbek.

Garchi darvozabon bo‘lsada o‘z darvozasidan raqib darvozasiga chiroyli gol urgani uchun Yangi Ravot jome masjidi imom xatibi Boxodirov Faxriddin “Eng chiroyli gol sohibi” deb topildi.

Musobaqa davomida qoidani buzmaganligi, birorta ham ogohlantirish olmagani uchun Kattaqo‘rg‘on tumani bosh imom xatibi Shomurodov Xayrullo “Eng tartibli o‘yinchi” sifatida faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Imom-xatiblarimizni chiroyli natija bilan tabriklaymiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/05/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1392
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imomlarimiz-shohsupada
Chop etilgan vaqti: 11/12/2019 15:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing