O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imomlarimiz Farg‘ona vodiysida

 
 

2018 yil 25 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari raisligida video-konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tarixiy Farmoni mazmun mohiyatini diniy soha xodimlariga yetkazish, Farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish maqsadida o‘tkazilgan konferensiyada muftiy hazratlari tomonidan O‘MIning viloyatlar vakilliklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uni yuqori pog‘onalarga ko‘tarishga ham alohida urg‘u qaratilgan edi.

Shunga binoan hozirda Samarqand viloyatining 4 nafar ilg‘or imom xatiblari tajriba almashish maqsadida Farg‘ona vodiysida bo‘lib turibdilar.

Bulung‘ur, Pastdarg‘om, Tayloq tuman bosh imomlari va Samarqand shahridagi “Obi Rahmat” jome masjidi imom xatibidan iborat vakillarimiz Farg‘ona viloyati vakilligi va masjidlar faoliyati bilan tanishmoqdalar.

Undan keyin Andijon va Namangan viloyatlariga borish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash lozimki, imomlarimiz tajriba almashishning foydasi katta ekanini e’tirof etib, o‘zlari uchun ko‘plab xulosalar chiqarganini ma’lum qilmoqlar. Shuning barobarida o‘zlaridagi bilim va ko‘nikmalar, tajribalar bilan ham o‘rtoqlashmoqdalar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 27/04/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1086
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imomlarimiz-fargona-vodiysida
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 01:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing