O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOM XATIBLARIMIZ XONADANLARDA

 
 

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati vakilligi tomonidan haftaning chorshanba kunini imomlarning joylardagi aholi xonodonlaridan xabar olish kuni deb belgilanganini aytib o‘tgan edik.

Bugun 7 noyabr kuni viloyatimizdagi imom xatiblar o‘zlarining hududlaridagi 300ga yaqin xonadonlarda bo‘lib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Imomlarimiz xonadonlarga borib, oiladagi mavjud muammolarni bartaraf etishda o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Quyida o‘tkazilgan uchrashuvlardan namunalar keltiramiz:

Bulung‘ur tumani “Amir Hamza” jome masjidi imom xatibi va tuman bosh imomi T.Ravshanov tomonidan Bulungur tuman "A.Temur" maxallasi F.Yuldosh kuchasi 98 uyda yashovchi fuqaro 1982 yilda tug‘ilgan Eshonqulov Asror va uning turmush o‘rtog‘ini yarashtirib, oilaviy muammosi bartaraf etildi.

Bulung‘ur tumani Sayltepa maxallasida yashovchi Ermatov Zarif xonadoniga Kildon jome’ masjidi imom xatibi Mamatkulov Tolib, maxalla raisi Sattarov Usmon va maxalla maslaxatchisi Karimova Dilbar birgalikda borib, ko‘pdan beri notinch bo‘lib turgan ushbu oilani ya’ni Ermatov Zarif va turmush o‘rtog‘i Xidirova faridalarga pandu nasixatlar qilindi. Natijada ularni yarashtirib qo‘yildi.

Pastdarg‘om tumani Charxin shaxarchasi Oq-oltin MFY da yashovchi fuqoro Mamarasulova Xamida va turmush o‘rtog‘i Farmonov Adxamlarning oilasiga tuman bosh imom-xatibi O.Nazarov, oila markazi raxbari S.Ataullayeva tumani hokimi o‘rinbosari xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Eshmurodova birgalikda borib, ular bilan suxbatlashishdi va kerakli nasihatlarni berishdi.

Payariq tumani Chinobod jome masjidi imomi H Talxayev Guliston mfy da yashovchi ko‘zi ojiz O‘rozboyeva Ortiqoyni holidan xabar oldi.

Jomboy tuman Naymantepa mahallasila yashovchi kam ta’minlangan oila Ravshanova Guliston xonadoniga Jomboy tuman bosh imom xatibi N.Xidirov moddiy yordam ko‘rasatdi.

Shuningdek, tumanlardagi barcha imom-xatiblarimiz muammosi bor xonadonlarga borib, aholining holidan xabar olmoqdalar.

Yangiliklarni berishda davom etamiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1414
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblarimiz-xonadanlarda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 13:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing