O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom-xatiblar munosib nomzodlarga ovoz bermoqdalar

 
 

Bugun, 22 dekabr kuni ertalab soat 08:00dan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun ovoz berish boshlandi.

Saylov uchastkalari va saylov okruglarida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi, komissiya a'zolari, deputatlikka nomzodlarning kuzatuvchilari, xolislar guvohligida saylov qutilari muhri ochildi. Ushbu tadbir boshlanishida imom-xatiblar, nuroniy otaxonlar  el-yurt tinchligi, farovonligi, manfaati yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, imkonimiz doirasidagi yaxshi ishlarni amalga oshirib, ikki dunyo yaxshiligiga erishishimizni nasib aylashini Yaratgandan so‘rab duolar qildilar.

Barcha yurtdoshlarmiz qatori Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar, diniy soha xodimlari ham ota-onalari, farzandlari, oilasi bilan saylov uchastkalariga tashrif buyurib,   yurt kelajagi, xalq ravnaqi yo‘lida o‘zlari munosib topgan nomzodlarga ovoz bermoqdalar. Bundan tashqari imom-xatiblarimiz saylov komissiyasi tarkibida nazoratchi sifatida ham ushbu tadbirning ko‘tarinki saviyada o‘tishi uchun o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda.

Ssaylovlarda faol qatnashib, o‘z Yurtimiz va millatimiz taqdiriga e'tiborli bo‘lishimiz musulmonlikning go‘zal namunasidir!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 22/12/2019 14:32;   Ko‘rilganligi: 812
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblar-munosib-nomzodlarga-ovoz-bermoqdalar
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 15:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing