O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom xatib xayriya ishlarini tashkil qildi

 
 

Muruvvat, o‘zgalarga yaxshilik qilish, g‘amgin qalblarga xushnudlik ulashish xalqimizga xos qadriyatlarimizdandir.

Yurtimizda bahor fasli kirib kelishi bilan imom xatiblarimiz tomonidan muruvvat ulashish ishlari jadal suratlarda boshlab yuborildi.

Samarqand tumanidagi “Imomi A’zam” jome masjidi imom xatibi A.Po‘latov tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda qator xayriya ishlari amalga oshirildi. Jumladan,

Samarqand shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olinib, bahor ayyomi bilan muborakbod etildi. Ularni o‘qishga, ilm olib o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lishga qiziqtirildi, hayotiy misollar ila murg‘ak qalblar ruhlantirildi. Shuningdek, 140 nafar tarbiyalanuvchi uchun ziyofat dasturxoni tashkil etildi.

Bundan tashqari, imom xatib tashabbusi bilan yong‘in sababli uyiga jiddiy talofat etgan Samarqand tuman Jo‘y-Soy mahallasida yashovchi Sh.E.ga qurilish mollari va moddiy ko‘mak, Samarqand tuman Konigil mahallasida yashovchi jigar kasalligi (exinokokk) bilan og‘rigan fuqaro K.Sga dori darmon uchun moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1912
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatib-xayriya-ishlarini-tashkil-qildi
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 01:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing