O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom-xatib bozorda aholi va sotuvchilarga tushunchalar berdi

 
 

Yurtimizda koronavirus qayd etilgach ayrim bozor va oziq-ovqat do‘konlarida tirbandlik kuzatila boshlandi.  Ba'zi joylarda tadbirkorlar aholi talabi oshganidan foydalanib, oziq-ovqat va birlamchi iste'mol mahsulotlari narxini oshirib sotishga urinishlar ham bo‘ldi. Aholi mahsulotlarning taqsilligi yoki narxlarning oshib ketishidan biroz xavotirga tushib, kunlik ehtiyojlaridan ziyod yeguliklarni jamlab olishga intilishlar kuzatildi. Samarqand shahar “Lohutiy” jome masjidi imom-xatibi O‘tkir domla Umirqulov shahardagi “Marmar” bozorida bo‘lib, sotuvchi va xaridorlarga bugungi vaziyatni og‘irlik, bosiqlik, sabr va intizom bilan bosib o‘tishga, mutaxassislarning ko‘rsatmlariga rioya qilish, sotuvchilar narx-navolarni sun'iy oshirishga intilmasliklari, o‘z navbatida aholi tomonidan ham xarid qilishda me'yor bilan ish ko‘rishlari haqida tushunchalar berdi.     

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/03/2020 14:52;   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatib-bozorda-aholi-va-sotuvchilarga-tushunchalar-berdi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 13:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing