O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom Buxoriy majmuasida muborak Xaj-2017 safari munosabati bilan ellikboshilar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 
 

Joriy yilning 20 iyul’ kuni Imom Buxoriy majmuasidaHaj-2017” mavsumida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlari ziyoratchilariga xizmat ko‘rsatuvchi guruh rahbarlari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari M.Yo‘ldoshev, O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M-A.Shakirov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot kotibi J.Nuriddinov va guruh rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirda guruh rahbarlari tomonidan rioya etiladigan qonun-qoidalar, ularning burch va mas’uliyatlari, haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning guruh rahbarlariga taalluqli bo‘lgan jihatlari atroflicha yoritildi.

Shuningdek, safarga doir hujjat ishlarida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va guruhdagi ziyoratchilar bilan ishlash davomida ularning pasport va boshqa hujjatlarini yuritish qoidalari borasida ham guruh rahbarlariga ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida mutasaddilar guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 21/07/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1224
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-buxoriy-majmuasida-muborak-xaj-2017-safari-munosabati-bilan-ellikboshilar-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 09/12/2019 05:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing