O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hindistonlik ulamolar Samarqandni ziyorat qilishdi

 
 

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Dehli shahri jome masjidining bosh imomi, Hindistondagi Naqshbandiya tariqatining namoyandalaridan biri Said Ahmad Buxoriy rahbarligidagi diniy delegatsiya 14 mart kuni Samarqandda bo‘ldi. Bu haqda “muslim.uz”, “bukhari.uz” saytlari batafsil ma’lumot bergan.

Mehmonlarni Samarqand viloyat vakilligi mutasaddilari kutib olib, rasmiy muzokaralar olib bordilar.

Mehmonlar yurtimizda islom dini rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish, tabarruk qadamjolarni ziyorat etish, qadimiy obidalar, tarixiy yodgorliklarni ko‘zdan kechirishni maqsad qilganlar.

Shu maqsadda mehmonlarimiz dastlab Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar. Sayyid Ahmad Buxoriy aytib o‘tdiki uning ajdodlari 16 asrda Buxorodan Hindistonga ilm berish uchun borib qolganligi, asli uning ota bobolari shu yurta tug‘ilib o‘sganligini ta’kidlab o‘tdi.

Mehmonlarimiz Imom Buxoriy yodgorlik majmuasidan so‘ng Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdilar. U yerda qurilayotgan Hadis oliy maktabi bilan ham tanishdilar. Hindistonlik mehmonlarimiz bu yerda bo‘layotgan bunday o‘zgarishlardan katta taassurot oldilar.

So‘ngra mehmonlarimiz Samarqand shahrining Amir Temir, Registon va Xo‘ja Axror valiy yodgorliklarini ziyorat qildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 15/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1083
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/hindistonlik-ulamolar-samarqandni-ziyorat-qilishdi
Chop etilgan vaqti: 21/09/2020 11:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing