O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hafta otinoyilar uchun sermahsul o‘tdi

 
 

Ma’lumki jamiyat orasida ayollarning diniy-ma’rifiy ongini yuksaltirish, turli bid’at xurofotlarning oldini olishda otinoyilarning salmoqli o‘rni bor. Shunga binoan hafta davomida viloyatimiz otinoyilari oldilarida turgan vazifalarni to‘laqonli bajarishga intilgan holda sermahsul faoliyat olib bordilar

Joylarda mahalla fuqarolar yig‘inlari, umumta’lim maktablar, “oila” markazlari, “Nikoh” uylarida bo‘lib o‘tgan yig‘inlar, tadbirlar, yakka tartibdagi suhbatlar asnosida qaynona-kelin munosabatlari, to‘ylarni tejamkor o‘tkazish, oilaviy ajrimlar, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish, farzand tarbiyasi kabi dolzarb mavzularda suhbatlar o‘tkazildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etishga doir choralar ko‘rildi.

Tadbirlar davomida turli ijtimoiy qatlamga mansub 3395 nafar ayol-qizlar qamrab olindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 27/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1468
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/hafta-otinoyilar-uchun-sermahsul-otdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 13:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing