O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hafta davomida

 
 

Yana bir hafta poyoniga yetdi. Umr charxpalagi tinimsiz aylanib, o‘tgan hafta ham tarix varaqlariga qayta kelmas bo‘lib joylashdi.

Ta’kidlash lozimki o‘tgan hafta O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi hamda imom xatiblarimiz uchun sermahsul kechdi. Aholi bilan o‘rganish ishlari, joylardagi tadbirlar, xorij safari, oilalar tinchligi, mustahkamligi yo‘lida olib borilgan ishlar, imom xatiblar salohiyatini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar ushbu haftada ham qizg‘in tarzda olib borildi.

Quyida hafta davomida bo‘lib o‘tgan voqealarni qisqa satrlarda berib o‘tamiz:

11 dekabr – dushanba: viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, aholi turmush tarzi bilan tanishdi. Tumandagi, ayrim jinoyat sodir etish ehtimoli bor bo‘lgan, ichkilikka ro‘ju qo‘ygan fuqarolar, janjalli oilalar bilan tushuntirish ishlari olib bordi.

Notinch oilalarni yarashtirishga, bir birlarini tushinishlariga erishildi.

***

12 dekabr – seshanba: kunning dastlabki qismida joylardagi FHDYO bo‘limlarida imom xatiblar tomonidan yosh oila quruvchilar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Galdagi uchrashuvlarda ham oila mas’uliyati, er-xotinning huquqlari, burch va vazifalari, poklik, umr hoyu-havasdan iborat emasligi kabi muhim masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borildi.

Kunning ikkinchi yarmida viloyat vakilligi binosida shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida qilingan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan navbatdagi haftalik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

***

13 dekabr – chorshanba: viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov delegatsiya tarkibida yurtimizdagi turizm imkoniyatlarini namoyish qilish maqsadida Malayziya davlatiga uchib ketdi.

Chorshanba – aholi bilan o‘rganish ishlarini olib borish kuni bo‘lgani munosabati bilan viloyatdagi barcha imom xatiblar masjid hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi turli muammoli xonadonlarga tashrif buyurib, ularga moddiy, ma’naviy-ruhiy ko‘mak ko‘rsatdilar.

***

14 dekabr – payshanba: joylardagi masjidlarda imom xatiblar faoliyatini jonlantirish, ilm, salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi haftalik “ma’naviyat soat”lari bo‘lib o‘tdi.

Malayziyada bo‘lib turgan viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov 3100 sayyohlik agentliklarini o‘z ichiga olgan “MATTA” uyushmasi hamda Malayziyada haj ziyorati masalalari bilan shug‘ullanadigan “Tabung haji” jamg‘armasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda faol qatnashdi.

***

15 dekabr – juma: viloyatimiz jome masjidlarida juma ibodati ko‘tarinki ruhda, tinch-osuda o‘tkazildi.

Malayziyada bo‘lib turgan viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov Malayziya televideniyasi orqali yurtimizning ziyorat turizmi imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

***

16 dekabr shanba: – Samarqand shahar Galaosiya mahallasida “Obi Rahmat” jome masjidi imom xatibi A.Mamatqulov tomonidan aholi orasida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda 15 noyabr kuni muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektorda mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etishga doir ko‘rsatmalar mazmun mohiyati to‘g‘risida yig‘ilganlarga tushuncha berildi.

Samarqand shahridagi 84112 harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari bilan “Sog‘lom turmush – jamiyat rivojining negizidir!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrulla Sattorov ma’ruza bilan ishtirok etdi va Islom dinida oilaga e’tibor, er-xotin o‘rtasidagi burch va vazifalar, huquq va majburiyatlar, farzand tarbiyasi haqida tushunchalar berdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1074
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/hafta-davomida
Chop etilgan vaqti: 22/11/2019 02:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing