O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

FHDYOdagi uchrashuvlar takomillashmoqda

 
 

Joylardagi FHDYO bo‘limlarida yosh oila quruvchilar bilan oilalar mustahkamligi yo‘lida olib borilayotgan uchrashuvlar tobora takomillashib, sermazmunlik kasb etib bormoqda.

5 dekabr kuni o‘tkazilgan galdagi uchrashuvlar ham oila muqaddasligi, mas’uliyati, er-xotin vazifasi, burch va majburiyatlari haqidagi nikoh rishtasining mustahkamligini ta’minlovchi nasihatlar bilan boshlandi. So‘ng yoshlarning dunyoqarashi, qarshisida turgan hayotining yangi bosqichi bo‘yicha tasavvuri nimalardan iborat ekanligiga e’tibor qaratildi.

Muhokama va savol-javob uslubida olib borilgan suhbat asnosida yoshlar dunyoqarashlari, fikrdoiralaridan kelib chiqib mulohazalarini bayon qildilar.

Ta’kidlash lozimki ishtirokchilarning aksariyati dabdaba tarafdori emas va imkonqadar ota-onalariga yengillik bo‘lishini istaydilar. Albatta, ularning ushbu xildagi xulosaga kelishlarida imom xatiblar tomonidan olib borilayotgan tushuntirish va nasihatlarning ham salmog‘i katta. Zero, Qur’oni karimda:

Eslating! Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat yetkazur”, deya ta’kidlangan. (Zoriyot surasi, 55-oyat).

Bu galgi uchrashuvlarning o‘ziga xos jihatlaridan biri Bulung‘ur tumani FHDYO bo‘limidagi suhbat davomida kollej talabalari tomonidan qaynona kelin munosabatlariga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi namoyish etilganini alohida ta’kidlash lozim.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1020
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/fhdyodagi-uchrashuvlar-takomillashmoqda
Chop etilgan vaqti: 22/11/2019 02:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing