O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Faoliyat sarhisob qilindi

 
 

6 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligida shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrullo Sattorov boshchiligida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Kattaqo‘rg‘on tumanida 23 oktyabrda bo‘lib o‘tgan sayyor yig‘ilish so‘ngidan joylarda imom xatiblar tomonidan amalga oshirilgan ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va boshqa turli yo‘nalishlardagi faoliyat sarhisob qilindi. Erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida so‘z yuritildi.

E’tiborlisi shuki, ikki hafta davomida imom xatiblarimiz tomonidan IIB maxsus ro‘yxatidan chiqarilganlar, notinch, muammoli oilalar, kam ta’minlangan xonadonlar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, jazo muddatini o‘tab qaytganlar, ta’lim muassasasiga muntazam qatnamayotgan o‘quvchilar, uzoq muddatga xorijga ketganlarning oila a’zolari kabi 506 ta xonadon qamrab olingan.

Bundan tashqari, yig‘ilishda masjidlarni qishki mavsumga tayyorlash, aholini ijtimoiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlariga jiddiy yondashishi kabi mavzularda muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 06/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1348
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/faoliyat-sarhisob-qilindi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 13:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing