O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ezgulik shiorimiz bo‘lsin

 
 

Sir emaski, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik kabi illatlardan kishilarni himoyalash, aholini moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab quvvatlash ishlarida imom-xatiblarning ham salmoqli hissalari qo‘shilmoqda.

Imomlarimiz joylarda MFY, IIB vakillari bilan hamkorlikda aholidan hol so‘rash, muammolarini bartaraf etishga, hayotda xursand bo‘lib yashashlariga ko‘maklashish borasida jadal suratda faoliyat yuritmoqdalar. Jumladan:

Viloyatning Samarqand tumanida joylashgan "Imomi A’zam" jome masjidi imom xatibi Abdurahim Po‘latov tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga xos va mos bo‘lgan qator xayrli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

A.Po‘latov hafta davomida homiylarni jalb qilgan holda Samarqand tuman Badal, Qoziariq mahallasida yashovchi kam ta’minlanganlar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olib, ko‘ngil so‘radi. Ularga moddiy-ma’naviy ko‘maklar ko‘rsatdi.

Shuningdek, imom xatib tashabbusi bilan ikkita kam ta’minlangan oilaning farzandlari yozgi dam olish oromgohlariga homiylik yordami asosida yuborildi. Bolajonlar tengdoshlari qatorida yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Viloyatimiz imom xatiblari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazishga doir ishlar davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 08/08/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1139
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ezgulik-shiorimiz-bolsin
Chop etilgan vaqti: 09/12/2019 04:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing