O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yekaterinburg safari davom etmoqda

 
 

Oldin xabar qilganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi markaziy muftiyoti rahbari, muftiy Abdul-Qudduss Asharin taklifiga asosan o‘zbekistonlik imomlaridan iborat delegatsiya Yekaterinburg shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, Samarqand viloyati bosh imom xatibining o‘rinbosari, “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov va “Do‘stjonboy ota” jome masjidi imom-xatibi Bahrom Atadjonovdan iborat delegatsiya tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Imomlarimiz safarlari davomida Rossiyaning Sverdlovsk viloyati hududida joylashgan masjidlar, madaniy markazlar va ta’lim muassasalarida suhbatlar olib bormoqdalar. Suhbatlar asnosida sof islom dini mohiyati nimadan iboratligi, muqaddas dinimiz maqsadini teran anglash lozimligi borasida tushunchalar berilmoqda. Bugungi kunda islom dini nomidan qilinayotgan xunrezliklar, notinchliklar aslida islomga mutlaqo yot ishlar ekani va bu kabi holatlar dinimizda qoralanishi dalil-hajjatlar asosida yetkazilmoqda. Jumladan, 25 noyabr juma kuni Sverdlovsk viloyat Verxniy Pishma shaxridagi Imom al-Buxoriy masjidida juma namozi ado etish asnosida Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari Z.Eshonqulov rus tilida ezgulik va taqvo haqida, bo‘ yo‘lda hamkorlik qilish haqida ma’ruza qilib berdi. Ma’ruzani tinglashda 1000dan otiq turli millat vakillari ishtirok etdi.

Imomlarimizning Sverdlovsk viloyati bo‘ylab safarlari davom etmoqda. Hozirda ular oliy talim muassasalari talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/11/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1873
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ekaterinburg-safari-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 23/11/2019 01:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing