O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bir kunda 124 ta maktabda targ‘ibot ishlari olib borildi

 
 

11 yanvar kuni Pastdarg‘om tuman bosh imom xatibining tashabbusi bilan tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi imom xatiblar, imom noiblari navbati bilan 124 ta maktabda o‘quvchilar bilan dolzarb mavzularga oid uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Bugungi kunda yoshlar orasida kuzatilayotgan jinoyatchilik, huquqbuzarlik, o‘z joniga qasd qilish kabi holatlarning oldini olish, bu kabi illatlarga qarshi o‘quvchilar ongida immunitet hosil qilish maqsadida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarida “Inson aziz va mukarramdir” mavzusi bosh shior qilib olindi.

O‘quvchilarga inson qadri, umr deb atalmish bebaho ne’matning shukronasini qilish, mustahkam ilm olib el koriga yaraydigan haqiqiy farzandlar bo‘lish lozimligi ilmiy asoslar, hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Kitobxon bo‘lishga, kitobni sevishga qiziqtirildi. Hayotni yengil-elpi, faqat hoyu-havasdangina iborat deb tushunmaslik lozimligi ta’kidlandi.

Bu kabi tadbirlar kelajakda o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsatadi va o‘quvchilarning komil inson bo‘lib tarbiya topishlari uchun katta zamin yaratadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/01/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2046
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bir-kunda-124-ta-maktabda-targibot-ishlari-olib-borildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 18:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing