O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 
 


Bugun yurtimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha tarovat. Boshimiz o‘zra Muborak Qurbon hayiti, yurtimiz mustaqilligining 26 yillik shodiyonalari o‘zining ko‘lankasini yozib turibdi.

Viloyatimiz masjidlarida bir necha kunlik tayyorgarliklardan so‘ng hayit namozlari tinch-osuda va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ma’ruzalarda Qurbon hayiti fazilati, bu kunda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, erk qadri, dorulomon damlar istiqlol sharofatidan ekanligi to‘g‘risida namozxonlarga vaz-nasihatlar qilindi. Bu kun ezgulik kuni ekani, kam ta’minlanganlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar holidan ko‘proq xabar olish, Qurbonlik go‘shtlarini birinchi galda muhtojlarga ulashish lozimligi tushuntirildi.

Bayram kunlari arafasida va ushbu kun viloyat imom xatiblari tomonidan homiylarni jalb qilgan holda kam ta’minlanganlar, boquvchisini yo‘qotganlar, bemorlar, urush qatnashchilari, mehnat faxriylariga, “Muruvvat”, “Saxovat”, “Mehribonlik” uylarida istiqomat qiluvchilarga ko‘plab muruvvat yordamlari ko‘rsatildi.

Xususan, shahar va tumanlardan 200 nafar kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga vakillik tomonidan homiylarni jalb qilgan holda maktab sumkasi va o‘quv qurollari olib berildi.

Yurtimiz ertasi uchun olib borilayotgan ishlarga Yaratgan rivoj berishi, tinchligimiz bardavom, farovonligimiz ziyoda bo‘lishini tilab duoi xayrlar qilindi.

Bugungi qo‘shaloq bayram barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin!



Kiritilgan vaqti: 01/09/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1288
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bayramingiz-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 15/11/2019 08:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing