O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

BAYRAM OLDIDAN

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tomonidan Umumxalq bayrami 9-may – Xotira va Qadrlash kunini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan viloyatning chekka tumanlari va chegaraoldi hududlarida joylashgan masjidlarga juma namozini ado etish va o‘sha atrofdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nogironlar, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish maqsadida malakali imomlar safarbar etildi.

29 aprel juma kuni viloyatning chegaraoldi hududlaridan Urgut tumanidagi “Boybul” jome masjidiga malakali imomlardan “Xo‘ja Abdu Berun” jome masjidi imom xatibi Lutfullo Ibodullayev, Bulung‘ur tumanidagi “Cho‘yantepa” jome masjidiga “Namozgoh” jome masjidi imom xatibi Hamzaxon Po‘latovlar tashrif buyurdilar.

Voizlar juma namozida tezis asosida ma’ruza qilar ekanlar, yurt tinchligini avaylab-asrash, doimo hushyor turish, ayniqsa chegara hududlarda hushyorlikni yanada oshirish borasida fikr-mulohazalar bildirib o‘tdilar. Bayram munosabati bilan masjidlar, qabristonlarni obod etish, qo‘ni-qo‘shnilar, qarindoshlar holidan xabar olish fazilati haqida ham batafsil to‘xtaldilar.

Namoz ado etilgach, imom domlalarimiz masjid atrofida istiqomat qiluvchi keksa otaxonlar, mehnat faxriylari holidan xabar olib, ularga bayram sovg‘alari ulashdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyat vakiligi


Kiritilgan vaqti: 29/04/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1344
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bayram-oldidan
Chop etilgan vaqti: 15/11/2019 05:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing