O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bayram bayramga ulandi

 
 

Ikki kun avval viloyatimizning Urgut tumanida joylashgan tuman “Muruvvat” nogironligi borlar uchun internat uyida yashab davolanib kelayotgan 450 nafar 1 va 2 guruh nogironligi bor fuqarolarga tuman bosh imom xatibi Shodi domla Haqberdiyev tomonidan bayram sovg‘alari ulashilgani haqida xabar bergan edik.

30 dekabr kuni ham imomimiz “Muruvvat” uyiga kelib katta ziyofat tashkil etdi. Bayram dasturxoni atrofida yig‘ilganlarga savg‘alar ulashdi hamda shundog‘ kunlar boisi bo‘lgan tinchligimiz bardavom bo‘lishi, muruvvat uyida yashab davolanayotganlarning barchalari sog‘ayib ketishlarini tilab qoldi.

Ushbu tadbir tuman bosh imom xatibi tomonidan homiylar ko‘magida dekabr oyining o‘zida “Muruvvat” uyiga qilingan uchinchi xayriya yordami bo‘lib, ko‘rsatilgan moddiy ko‘mak qariyb yuz million so‘mni tashkil etadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 30/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1040
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bayram-bayramga-ulandi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2020 06:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing