O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bahor ezgulik faslidir

 
 

Yangilanish, yasharish fasli bahor kirib kelishi bilan daraxt shoxlarida bo‘lgani kabi qalblarda ham ezgulik kurtaklari g‘uncha ocha boshladi. Joylarda yoshi ulug‘lar, ko‘makka muhtojlar, nogironlar, “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Sahovat” uylarida istiqomat quluvchilar holidan xabar olinib, ularga moddiy-ma’naviy ko‘maklar ko‘rsatildi. Ayniqsa Navro‘z bayrami munosabati bilan ezgulik ishlari har doimgidanda jadal suratda olib borildi. Jumladan:

23 mart kuni Samarqand shahrida joylashgan “Shohi Zinda” jome masjidi tomonidan shahardagi 9-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga Navro‘z munosabati bilan bayram ziyofati tashkil qilindi. Dastlab, tarbiyalanuvchilar o‘zlarining badiiy chiqishlarini namoyish qildilar. Ular tomonidan yurtni, vatanparvarlikni madh etuvchi she’rlar o‘qib berilib, go‘zal raqs ijro etildi.

So‘ng, tarbiyalanuvchilar to‘kin dasturxon atrofida jamlanib, shirin ta’omlar, bahoriy ne’matlardan tanovvul qildilar. Ziyofat asnosida bolajonlarga tashkilotchilar tomonidan shirinliklar ulashildi.

Shuningdek, masjid tomonidan “Mehribonlik uyi”ning yozgi o‘yingohi uchun 40 m2 hajmdagi sun’iy maysa olib berildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/03/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2875
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bahor-ezgulik-faslidir
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 17:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing