O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

AMIR HAMZA MASJIDINING YANGI BINOSI QURILMOQDA!

 
 

So‘nggi yillarda yurtimizda misli ko‘rinmagan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun Samarqand viloyati ham tom ma'nodagi qurilishlar maydoniga aylangan. Nafaqat shahar va markaziy joylarimiz, balki chekka-chekka qishloqlarimizda ham ko‘zni quvontiradigan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Bunday bunyodkorlik ishlari diniy sohani ham chetlab o‘tgani yo‘q. Ushbu gapimizning isboti o‘laroq joriy yilda viloyatimizning 16 ta shahar va tumanlarida 40 dan ziyod masjidlarda yangidan qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, bugun, 20 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov Bulung‘ur tumanidagi yangidan qurilishi rejalashtirilgan  “Amir Hamza” jome masjidining 2000 namozxonni sig‘dirishga mo‘ljallangan binosining loyiha taklifi bilan tanishdi va masjidni birinchi qozig‘ini qoqib berdi.

Tadbir oldidan Qur'oni karim tilovati qilindi hamda bir qo‘y so‘yilib qurbonlik qilindi. Ushbu barpo etilayotgan jome masjid Toshkent - Samarqand yo‘nalishidagi katta yo‘l yoqasida joylashgan bo‘lib, mo‘min-musulmonlar va yo‘lovchi-sayyohlar uchun ulkan xizmat qiladigan masjid bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qilindi.

 

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/06/2020 16:23;   Ko‘rilganligi: 906
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/amir-hamza-masjidining-yangi-binosi-qurilmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 17:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing