O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Abu Mu’in an Nasafiy oyligi ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

 
 

2017 yilning noyabr oyi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi barcha masjid va madrasalarda “Abu Mu’in an-Nasafiy oyligi” deb nomlangani munosabati bilan Samarqand viloyati masjidlarida ushbu oyni munosib tarzda o‘tkazish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Masjidlar peshtoqi mazkur oylikni ifoda etuvchi afishalar bilan ta’minlangan hamda barcha imom xatiblar qo‘liga Abu Mu’in an-Nasafiy hazratlarining hayoti va ijodini yorituvchi ma’lumot taqdim etilgan.

Hozirda oylikni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha amaliy harakatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jumladan:

2 noyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro markazida Payariq, Oqdaryo va Ishtixon tumani imom xatiblari ishtirokida tashkil etilgan “ma’naviyat soati”da Abu Mu’in an-Nasafiyning boy ilmiy merosi, bugungi kundagi, xususan yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati borasida suhbat o‘tkazildi.

Ma’ruzalar viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov, viloyat bosh imom xatibi maslahatchisi M.Melikov, Imom Buxoriy xalqaro markazi ilmiy kotibi Sh.Umarov tomonidan olib borildi.

Imom xatiblarga joylardagi yig‘inlarda allomaning hayoti va ijodi haqida tushunchalar berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, shu kuni viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov Bulung‘ur tumani imom xatiblari bilan mazkur mavzuda suhbat olib bordi.

Muhtaram Yurtboshimizning ko‘rsatmalari asosida boshlangan ushbu xayrli tadbir viloyatimizda ko‘tarinki ruhda boshlandi va oy davomida umummanfaatli va sermazmun tarzda davom ettiriladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 03/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1299
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/abu-muin-an-nasafiy-oyligi-kotarinki-ruhda-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 22/11/2019 02:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing