Xabarlar

Nikohni buzish islomda qoralanadi

Jamiyat oilalardan tarkib topadi, oilalar baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi. Oila va jamiyat tushunchalari bir-biriga bevosita chambarchas bog‘liqdir. Shunday ekan, kelajagi porloq jamiyat qurish uchun uning negizi bo‘lgan oilani ma'nan sog‘lomlashtirish talab qilinadi. Islom manbalarida oilani mustahkamlashga qanchalik chaqirilgan bo‘lsa, uni buzilishidan shunchalik qaytarilgan. Iqtisodiy yetishmovchilik, g‘iybat, tuhmat, turli gap-so‘zlar sabab yuzaga keluvchi oilaviy kelishmovchilik, sabrsizlik, yengil hayot ishtiyoqida nikohni buzish islomda qattiq qoralangan. Bu borada hadisi shariflarda: “Halol va ruxsat etilgan narsalarning ichida Alloh taologa xush kelmaydigani – taloqdir”, deb ta'kidlangan.

 

Bugun imomlardan oldingidanda faollik kutilmoqda

Albatta,  bugun  faoliyat  olib  borayotgan  imomlarimiz  shu  zamonning  din  peshvolari  va  xalqni  to‘g‘ri  yo‘lga  boshlovchi  olimlardir.  Jamoat imomi o‘z jamoatining rahbari, ularning yo‘lboshchisi, namozlarining va boshqa ibodatlarining to‘kis bo‘lishida asosiy xizmat ko‘rsatadigan peshvosi hisoblanadi. Shu bilan birga, ma'rifat targ‘ibotchisi hamdir.

 

Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish vazifalarimizdan biri

“Vaqf” xayriya jamoat fondi kelib tushgan mablag‘larni har bir yo‘nalish bo‘yicha taqsimotini amalga oshirgan holda hududlarda bir qancha loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. “Malham”, “Ilmga ko‘mak”, “Ro‘zg‘or”, “Ehtiyojmandlarga ko‘mak”, “Obod xonadon” kabi aksiyalar shular jumlasidan. Fondning Samarqand viloyat filiali o‘z tasarrufidagi ziyoratgohlar hamkorligida xayriya tadbirini amalga oshirdi. Unga filial rahbarining o‘rinbosari A.Sultonov rahbarlik qildi. Tadbir doirasida kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilallar, bemorligi bo‘lgan insonlarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Jumladan, “Shohi Zinda” majmuasi tomonidan Afrosiyob va Imom Vose' mahallalarida istiqomat qiluvchi o‘nta xonadonga umumiy 1 000 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.

“Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi tomonidan homiylar bilan hamkorlikda Qo‘shchinor, G‘afur G‘ulom, Sayxun mahallalaridagi kam ta'minlangan o‘nta oilaga 3 500 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi.

 

Jerar Depardye Samarqandga keldi

O‘zbekistonda bo‘lib turgan mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye yurtimiz haqida hujjatli film sur'atga olib, uni fransuz, o‘zbek telekanallarida namoyish qilish maqsadida bugun, 11 noyabr kuni Samarqand shahriga yetib keldi.

Mehmonlar dastlab Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

Hindistonlik alloma Imom Buxoriy majmuasida bo‘ldi

Hadis ilmida dunyo imomi, hadis mulkining amiri  nomlarini olgan Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning qo‘nim topgan ravzalari Islom olamida yuksak e'tiborga ega bo‘lgan maskanlardan hisoblanadi. U zotni ziyorat qilish uchun butun islom olamidan ziyoratchilar, olimu talabalar tashrif buyuradilar.

 

Bir g‘arib ko‘nglini qilsang shod...

Islom dini ta'limotlari musulmon kishini ota-onasiga, farzandlariga, qo‘ni-qo‘shnilariga g‘amxo‘rlik qilish, ko‘makka muhtoj bo‘lganlarga yordam ko‘rsatishga da'vat etadi.

Hadisi sharifda: “Beva va miskinga ehson qilish uchun harakat qilgan kishi Alloh yo‘lida jang qilgan, tuni bilan namoz o‘qigan va kun bo‘yi ro‘za tutib yurgan kishi kabidir”, deb marhamat qilingan (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Demak, har bir mo‘min-musulmon atrofidagi kishilarga mehribon, himmatli, saxovatpesha, sadoqatli bo‘lishi lozim bo‘ladi.

Urgut tuman “Soy G‘o‘s” jome masjidi imom-xatibi Xudoydod Farmonov tumanda joylashgan muruvat uyida istiqomat qilayotgan, o‘zgalar mehriga muhtoj fuqarolar holidan xabar olib, ularga saxovatpesha insonlar ko‘magi bilan ikki million so‘mlik qishgi kiyim-kechaklar hadya qildi.

Ha albatta, shoir o‘z so‘zida aytganidek,

Bir g‘arib ko‘nglini qila olsang shod -
Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod.

Ko‘ngillarni shod etish barchamizga nasib etsin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

Viloyat bosh imom-xatibi masjid qurilishi bilan tanishdi

Urgut tumanining markazida joylashgan “Cho‘bin” jome masjidi bugungi kun talablariga javob bermay qolgani, namozxonlar ko‘pligi, ayniqsa, hayit va juma namozi kunlari joy yetishmayotlanligi sababli, uning binosini ko‘p sig‘imli, zamonaviy qilib qurishni taqozo qilingan edi. Bundan olti yil muqaddam tumandagi Mergancha mahallasidan joy tanlanib, loyiha asosida qurilishga kirishilgan edi. Bugun masjidning ulkan gumbazi va to‘rt minorasi uzoq-uzoqlardan ko‘zga tashlanib turadi.  To‘rt minoraning balandligi 43 metr, gumbazi esa 34 metr. Masjid 55 metrga 45 metr o‘lchamda qad rostlamoqda. Masjid mutaxassislar nazoratida, belgilangan qurilish-arxitektura me'yorlari asosida bino etilmoqda. Hozirda bino ichini bezash, pardozlash, bino devorining tashqi qismiga granit va travetin plitalarini o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

        

 

JUMANING TABRIGI VA SUNNATLARI

  1. Juma uchun g‘usl qilish.
  2. Xushbo‘y narsalar surtish.
  3. Chiroyli kiyimlar kiyish.
  4. Jumaga viqor va sakina bilan erta borish.
  5. Juma kuni badanni tozalab, hay'atni go‘zal qilish.
  6. Juma kuni Kahf surasini qiroat qilish.
  7. Juma kuni va kechasi duoni ko‘p qilish.
  8. Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish.
  9. Imom birinchi rak'atda Fotihadan keyin Jumu'a surasini va ikkinchi rak'atda Munofiqun surasini qiroat qilish.
  10. Juma kuni bomdod namozida "Haa miym sajda" va "Hal ataa alalinsani" suralarini qiroat qilish sunnatdir.
  11. Juma namozining farzidan avval va keyin to‘rt rak'atdan sunnat namozi o‘qish.
  12. Jumada mudragan odam boshqa yerga o‘tib olishi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi

 

O‘zbekiston-Amerika ilmiy-amaliy seminari ishtirokchilari Samarqandga tashrifi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida “Din va qonun ustuvorligi” mavzuida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Amerika ilmiy-amaliy seminari ishtirokchilari 6 noyabr kuni Samarqandga tashrif buyurdi.

 

“O‘quv mashg‘ulotlari men uchun juda ahamiyatli bo‘ldi”

Ma'lumki qadimda xalqimiz kelishmovchiliklar, qo‘ni-qo‘shni o‘rtasidagi tortishuvlar, er-xotin o‘rtasidagi tushunmovchiliklar, shuningdek qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda otinoyilar xizmatidan keng foydalanishgan. Otinoyilar Qur'onni, uning tafsiri va ma'nolari tarjimasini, hadislar, xalq og‘zaqi ijodi hamda Payg‘ambarlar tarixini juda yaxshi bilishgan. Yaxshi va go‘zal xulqi bilan elning hurmatida bo‘lishgan.

 

Viloyat bosh imom xatibi tajribali imomlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligida viloyatdagi tajribali imom-xatiblar bilan viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov uchrashdi. Uchrashuv jarayonida imom-xatiblarimiz oldida turgan dolzarb vazifalar, joylardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, barcha diniy soha vakillarining faolligini oshirish, aholiga moturidiylik yo‘nalishi, hanafiylik ta'limoti, ma'rifiy islom haqida ma'lumotlar yetkazishning daolzarbligi haqida fikrlar bildirildi.     

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

“Qardosh O‘zbekistonga kelganimizdan juda baxtiyormiz”

31-oktyabr kuni Turkiyaning “Atlasglobal Airlines” aviakompaniyasiga qarashli “Airbus-321” samolyoti Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reysni amalga oshirib, uning ilk yo‘lovchilar turkiyalik jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, qator din arboblari va olimlardan iborat edi.

 

Dunyo va oxirat mukofatiga sazovar bo‘ling!

Alloh talol muborak kalomida shunday marhamat qilgan:

 “Erkakmi yo ayolmi – kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biror ezgu ish qilsa, bas, Biz unga pok hayot baxsh eturmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan amallarining chiroyligi barobaridagi mukofot bilan taqdirlaymiz.” Nahl surasi 97-oyatda:

Solih amal iymon haqiqatlaridan kelib chiqadigan yo‘l bo‘lib, u islom arkonlarini va shu bilan birga insonning ham o‘ziga, ham jamiyatga foydali bo‘lgan, shariat mezonlariga loyiq keladigan boshqa yaxshi amallarni ham o‘z ichiga oladi. Bu yaxshi amal birovning hojatini ravo qilish, muhtojga yordam berish, bemorning ko‘nglini ko‘tarish, yoki bir og‘iz shirin so‘z va boshqalar bo‘lishi ham mumkin. 

 

“VAQF” FONDI ATROFIDAGI GAPLAR: Fond rahbari barchasiga oydinlik kiritdi!

– «Vaqf» fondi tashkil etilganiga 1,5 yil to‘ldi. O‘tgan davr mobaynida uning keng ko‘lamli faoliyatiga qaramay ijtimoiy tarmoqlarda turli tanqidiy qarashlar ham bildirildi.

Shu sababli Fondning amalga oshirgan ishlari va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida, Fond rahbari Iskandar Xalilovga savollar bilan yuzlandik.

Hurmatli rais, avvalo fondning bir yarim yillik qisqa davr oralig‘idagi faoliyati haqida qisqacha so‘zlab bersangiz.

 

Fransiya prezidenti mamlakatdagi musulmonlarni himoya qilishga va'da berdi

Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanyuel Makron Bayonna shahridagi masjidga qilingan tajovuzni qoralashini bildirib, islom diniga e'tiqod qiluvchi fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha choralarni kuchaytirilishini qayd etdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing